Jarsoy

Jarsoy — Qashqadaryo viloyati kitob va Chiroqchi tumanlaridagi soy. Qashqadaryoinng o’ng irmog’i. Qoratepa tog’larining Janub va Janubiy-g’arbiy yon bag’irlaridan oqib tushadigan yuzdan ortiq mayda irmoqsan tashkil topgan, eng yirik irmog’i Elsoy. Yuqori Femida Oyoqchisoy, o’rta qismida kichik Jarsoy nomi bilan ataladi. Chiroqchi shahri yaqinida Qashqadaryoga quyiladi. Uzunligi 64 kilometr, havzasining maydoni 348 km2. Jarsoy yomg’ir, qor va buloq suvlaridan to’yinadi. Jarsoyning o’rtacha yillik suv sarfi Chiroqchi shahri yonida 1,08 m3/sek. bo’lib, u yildan bu yilga 0,42—5,30 m3/sek. o’rtasida o’zgarib turadi. Suvining asosiy qismi (75-80%) mart—may oylarida oqib o’tadi, yozda kamsuv, quyi oqimida ba’zan qurib qoladi. Bahorgi jalalardan so’ng Jarsoyda tez-tez sel toshqinlari bo’lib turadi, suv sarfi va uning loyqaligi keskin ortadi: 1969 yil 24 martdagi sel vaqtida Jarsoyning suv sarfi 91,8 m3/sek. bo’lgan, 1978 yil 14 martdagi Selda 96 m3/sekundga etgan, loyqaligi esa 11 kg/m3 bo’lgan. Jarsoyning suvi asosan kitob va Chiroqchi tumanlari yerlarini sug’orishga sarflanadi.