JAVLONOV HIKMAT

JAVLONOV HIKMAT (1933.13.2, Forish tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Samduni tugatgan (1955). 1955 yildan Forish tumanidagi 1-maktabda fizika o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1972 yildan 33-maktabda direktor, 1995 yildan fizika o’qituvchisi. U o’quvchilar bilan birgalikda 1200 dan ortiq ko’rgazmali qurol tayyorlagan va namunali fizika xonasini tashkil etgan.