JAVZO

JAVZO — 1) zodiak yulduz turkumlarining biri. Belgisi Gem (lotincha Gemini). Osmon gumbazining shim. yarim sharida Saraton va Savr yulduz turkumlari oralarida joylashgan. Eng yorug’ yulduzlari Kastor (2-kattalikda) va Polluks (1-kattalikda). Javzoni kuz, qish va bahor paytlarida kuzatish mumkin; 2) hijriy-shamsiy yil hisobining uchinchi oyi. Eron kalendarida Javzo 1925 yilgacha ishlatilgan. Afg’on kalendarida 1911 yildan ko’llaniladi. Javzo 31 kundan iborat bo’lib, birinchi kuni 21-22 mayga to’g’ri keladi.