Jaydari zot
Jaydari zot — biror mamlakat yoki o’lkada qadimdan boqib kelinayotgan, shu joyning sharoitiga yaxshi moslashgan mahalliy mol zotlari. Masalan, mahalliy zebusimon qoramol zoti O’zbekistonning issiq va quruq iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan, qon parazita kasalliklariga chidamli; mahalliy ozuqalarni yaxshi hazm qiladi. O’zbekistonda boqiladigan hisori, Qorako’l, dag’al junli dumbali qo’y zotlari, krrabayir va Laqay ot zotlari ham Jaydari zot bo’lib, xalq selektsionerlari tomonidan yaratilgan yoki tabiiy populyatsiyalardir. Jaydari zotlar, odatda, biror-bir xo’jalik belgilariga ko’ra uncha mahsuldor bo’lmaydi (Masalan, O’zbekiston dumbali jaydari va hisori qo’ylari yaxshi go’sht-yog’ beradi, jun miqdori kam va sifati zamonaviy talablarga javob bermaydi; ularning junidan namatlar tayyorlanadi), lekin ularning toza nasllari qimmatli genofond hisoblanadi va selektsiya ishlarida foydalaniladi. So’nggi yillarda O’zbekistonda jaydari qoramol sigirlarini qo’ng’ir va qora-ola zot buqalaridan chatishtirib mahalliy qoramolning yangi O’zbekiston qo’ng’ir va qora-ola xili yaratilmoqda. Suendik Hojibekov.