Jayever (Jiver) (Giaever) Ayvar
Jayever (Jiver) (Giaever) Ayvar (1929.5.6, Bergen, Norvegiya) — Amerikalik fizik. Ilmiy ishlari tunnel effekti va o’ta o’tkazuvchanlikka oid. 1960 yilda birinchi bo’lib o’ta o’tkazgichlarda tunnel effektini, ya’ni elektronlar bir o’ta o’tkazgichdan boshqasiga o’ta boshlashini kuzatgan. B. Jozefson nomi bilan ataluvchi nostasionar effektni kashf etgan. Tunnel effekti yordamida temperatuani o’lchash mumkinligini birinchi marta ko’rib chiqqan. 1965 yilda tunnel o’tishning boshqa o’tish yordamida nurlanishini qayd etgan. Nobel mukofoti laureata (1973, B. Jozefson va L. Esaki bilan hamkorlikda).