Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish

Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish — tayinlangan jinoiy jazoning muayyan qismi o’tab bo’lingandan keyin qolgan qismini engilroq turdagi boshqa jinoiy jazo bilan almashtirish. Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish jinoyat qonunining insonparvarlik printsipiga asoslangan bo’lib, u ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Yengilroq turdagi jazoni tanlash masalasi ish holatlariga qarab hal qshshnadi. O’zbekiston Respublikasining JK Jazoni yengilrog’i bilan almashtirishda hisobga olinadigan talablar, qonun-qoidalarni belgilab bergan.