Jemsonit

Jemsonit (shotlandiyalik mineralog R. Jeymson nomi bilan atalgan) — murakkab sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Pb4FeSb6Sl4. Qo’shimchalari: Si, Ag, Zn. Monoklin singoniyali. Ignasimon, socheimon, kigizeimon va donador agregatlar holida uchraydi. Kulrang. Yaltiroqligi metallsimon. Qattiqligi 2-3. Gidrotermal konlarning qo’rg’oshin ruxli rudalarida uchraydi. O’zbekistonda Qo’shbuloq (Qurama tog’i) dagi oltin, Cheptan va Burchmulla (Chatqol tog’i) dagi margimush konlarida topilgan. Rossiya (Darasun), Angliya (Kornuoll), Armaniston (Azatek) va boshqa joylarda ma’lum.