Jeneva bitimlari

Jeneva bitimlari (1954) – AQSh, Buyuk Britaniya, XXR, Frantsiya va sobiq SSSR tashqi ishlar vazirlari kengashida (1954 yil. 26 aprel — 21 iyul) qabul qilingan bitimlar (bitimlarni tayyorlashda VDR, Kamboja, Laos va Janubiy Vetnam vakillari ham ishtirok etgan). Frantsiyaning 1945 yil sentabrdan boshlangan Vetnam, Laos va Kambojaga qarshi urushiga nuqta qo’ygan. Koreya masalasi, Hindixitoyda tinchlik o’rnatish masalalari muhokama etilgan. Bitimlarda Vetnam, Laos, Kamboja hududidagi chet el harbiy bazalarini tugatish, bu davlatlarning harbiy bloklarga a’zo bo’lmasliklari ko’rsatib o’tilgan. Hindixitoyda harbiy harakatlarni to’xtatish, Laos va Kambojada 1955 yilda, Vetnamda 1956 yilda umumiy erkin saylov o’tkazilishi ta’kidlangan. Hindixitoy davlatlarining hududiy dahlsizligi va mustaqilligini hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik qayd etilgan.