Jeneva konventsiyalari
Jeneva konventsiyalari (1949) — urush jabr yetkazganlarni himoya qilish to’g’risidagi xalqaro konventsiyalar, 1949 yil 12 avgustda Jeneva shahrida qabul etilgan bitim. Bu bitimga: 1) harakatdagi armiya hisobidagi yarador va kasallar ahvolini yaxshilash; 2) dengiz qurolli kuchlari tarkibidagi yaradorlar, kasallar va kema halokatiga uchraganlar ahvolini yaxshilash; 3) harbiy asirlar bilan muomala qilish; 4) urush davrida aholini muhofaza etish to’g’risidagi konventsiyalar kiradi. Konventsiyalar qabul qilingan konferentsiya ishida 56 davlat qatnashgan. Jeneva konventsiyalariga 1907 va 1929 yillardagi xalqaro konventsiyalar asos bo’lgan.