Jetig’ara xrizotil asbest koni
Jetig’ara xrizotil asbest koni — Qozog’iston shimoldagi kon. Tobol daryosi irmog’i havzasida Jetig’ara o’ta asos tog’jinslari massivining Janubiy qismida joylashgan. 1916 yilda ochilgan, 1939-42 yillarda razvedka qilinib 1965 yildan ishga tushirilgan. Kon 4 ta asbest uyumidan iborat. Eng yirik “asosiy” uyumi ishlab chiqarishda. Asbest zaxirasi (37 million onnat) ning 80% shu uyumda. Uyumning uzunligi 3800 metr, qalinligi 80-100 metrdan (shimolda) 450-500 metrgacha (Janubda). Xrizotil-asbest joylashgan jinslar serpentinit va serpentinlashgan peridotitlardan iborat. Rudadagi xrizotil- asbestning miqdori 3,88%. Qazib olish va qayta ishlash markazi — Jetig’ara.