JEVACHI

JEVACHI, jibachi — sovutdor; o’rta asrlarda sovut kiygan otliq va piyoda askar; har xil temir qurol egasi; qurol-aslaha saqlanadigan maxsus ombor — jevaxona mutasaddisi (boshqaruvchisi); harbiy yurish vaqtida podshoh va xonning sovut va og’ir qurol-aslahalarini olib yuradigan kichik mansabdor — Jibachigiri. Toshkentdagi qadimgi Jevaxona o’rni Eskijo’va (jeva so’zining buzib talaffuz etilishi) deb ataladi.