Jeyms (James) Joys
Jeyms (James) Joys [1882.2.2, Dublin (Irlandiya) — 1941.13.1, Parij] — ingliz yozuvchisi. “Dublinliklar” (1914) hikoyalar to’plami, “rassomning yoshlikdagi portreti” (1916), “Uliss” (1922), “Finnegancha ma’raka” (1939) romanlarining muallifi. Jeyms so’nggi ikki roman bilan roman janrini isloh qildi va 20-asrning atoqli yozuvchisi, modernizmning asoschilaridan biri bo’lib qoldi. Uning bu asarlari o’z tuzilishi bilan an’anaviy romanlardan farqlanadi, ular nutq shakllari va hikoya qilish usuli muntazam o’zgarib turishi, afsonalar va tarixiy voqealarga murojaat qilinishi bilan ichki tarhi murakkab kasrni eslatadi.