Jez davri

Miloddan avvalgi 3-2-mingyilliklar – Jez davri. G’ildirak va kulolchilik charhining vujudga kelishi.

Miloddan avvalgi 2-mingyillik – O’zbekiston hududida ziroatchilikning joriy bo’lishi, xom g’isht va paxsadan manzillar qurilishi.

2-mingyillik – Ziroatchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi.

Miloddan avvalgi 2-mingyillik – Sopollitepa. Jarqo’ton manzilgohining tashkil topishi.

Miloddan avvalgi 2-1-mingyillik boshlari – Zamonbobo madaniyati (Buxoro viloyati), Suvyorgan madaniyati (Qoraqalpog’iston), Chust madaniyati (Namangan viloyati), Amirobod madaniyati (Xorazm viloyati). Kuchuktepa (Surxondaryo viloyati).