JHUKAR MADANIYATI
JHUKAR MADANIYATI – jez davri madaniyati (miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalari). 1928 yilda hind arxeologi N. Madjumdar Jhukar aholi turar joyi (Pokistonning Sind viloyati) dan topgan. Jhukar madaniyatining asosiy yodgorliklari — Jhukar, Lohumjodaro va Chanxudaro (2 qatlam). Jhukar madaniyati uylari pishiq g’ishtdan, o’choqlar qurilganligi bilan o’ziga xos. Sopol idishlaridagi geometrik va o’simliksimon naqshlar sarg’ish fonda qora va qizil bo’yoq bilan chizilgan. Jez buyumlaridan keng foydalanilgan (bolta, bandak, tamg’a va hokazolar). Tamg’a- muhrlar sopol, toshdan tayyorlangan, turli geometrik shakllar, ba’zan hayvonlarning rasmlari bilan bezatilgan. Jhukar madaniyatining tamg’a-muhrlari Xarappa tamg’a- muhrlaridan yozuvi yo’qligi bilan farq qiladi. Jhukar madaniyati ko’p jihatdan Balujiston, Shim. Eron va O’rta Osiyo madaniyatiga o’xshab ketadi. Ad..Masson V. M., Drevnezemledelcheskaya kultura Margiani, M., L., 1959.