JIENMURAT JIROV BEKMUHAMMAD O’G’LI

JIENMURAT JIROV BEKMUHAMMAD O’G’LI (1836 — To’rtko’l tumani — 1908) — qoraqalpoq dostonchisi. Kuylagan dostonlaridan eng yirigi “Alpamis” ni folklorshunos A. Divaev (1856— 1933) Toshkentda nashr ettirgan (1902). Jienmurat Jirov badihago’y shoir sifatida ham tanilgan — “Alpamis” dostonini o’zi ijod etgan qo’shiq bilan tugallagan. Ad.: Ayimbetov Q., Xaliq danapng’i, Nokis, 1968.