Jild

Jild (Arabcha) — 1) biror narsa ustidan kiydirib, qoplab qo’yiladigan buyum, g’ilof. Masalan, yostiq Jild, ko’rpa Jild; 2) kitobni yaxshi saqlash uchun uning muqovasiga o’lchab tikilgan, odatda, teri-charmdan yasalgan qin; 3) ilgari o’quvchilar o’quv ashyolari solib yurishi uchun portfel o’rnida ishlatgan xalta. Jild biror matodan konvert taxlitida tikilib, ikki yonidan latta tasmaga biriktirilgan va yelkaga o’tkazib bo’yinga osib yurilgan; 4) biror katta asarning alohida kitob holidagi qismi, shuningdek, bir necha kitobdan iborat asarning har biri, tom. Masalan, Alisher Navoiy asarlarining 10- Jildi.