Jin nima?
Siz, albatta, jinlar ishtirok etadigan ertaklarni ko’p o’qigansiz; qahramon ularning yordamidan madad oladi yoki aksincha, ularning yovuz qilmishlaridan o’zini xalos etadi. Jinlar haqidagi hikoyalar va ertaklar Islom diniga e’tiqod qiluvchi barcha xalqlarning folkloridan o’rin olgan. Jinning g’ayritabiiy ruh ekanligi to’g’risidagi tasavvur Arabistonda Islom paydo bo’lishidan ancha ilgari kurtak yozgandi. O’sha zamonlarda jinlarni ilohlar deb hisoblashar, madad tilab ularga murojaat etishar va hattoki ularga atab qurbonliklar qilishardi. Shu bois, Islomga kirilganidan keyin jinlar Islom asotiriyasining asosan salbiy timsoli deb e’lon qilindi. Taomilga ko’ra, Alloh jinlarni olovdan yaratgan, lekin Ahl bilan quvvatlantirgan. Ular istalgan shaklga evrila olishi va o’z xojalarining barcha buyruqlarini bajarishlari mumkin. O’rta asrlarda jinlarni inson irodasiga bo’ysundirishga intilish sohirlik fanlari namoyandalari shug’ullangan eng asosiy muammolardan biri bo’lgan. Shuning uchun ham biz o’rta asrlardagi al-kimyoga oid risolalar yordamida jinlarni chorlash va ularni bo’ysunishga majburlash mumkin bo’lgan tumorni topish to’g’risida tavsiyalarga duch kelamiz.