Jinchak
Jinchak [Lagonichium faretum (Banks et. Bobr.)] — dukkakdoshlarga mansub ildiz bachkili, sershox va sertikan buta. Poyasi 20-45 santimetr, eng asosidan shoxlanadi, barglari juft patsimon, murakkab, tuklar bilan qoplangan. Gullari sariq, to’pguli shoda. Mevasi cho’zinchoqdukkak. Iyundan sentabrgacha gullaydi va mevalaydi. Urug’lari odatda 20-30° haroratda unib chiqadi. Maysalari kech bahorda ko’karadi. Asosan ildiz bachkilaridan ko’payadi. Ildizi kuchli usadi, asosiy ildizidan 1-3 metr chuqurga kirib boradigan baquvvat yon ildizlar chiqadi, ildizida 8,11, po’stlog’ida 12,09%, dukkagida 31,0% tanin bor. O’zbekistonning Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo adirlari va tog’ etaklaridagi sur tuproqlarda o’sadi. U tabiiy ravishda tarqalgan mintaqalarda hamma ekinlar orasida uchraydi, yangidan o’zlashtirilgan yerlarda esa beda va g’o’za maydonlarida yo’qotish qiyin begona o’simlik.