Jins (Jeans) Jeyms Xopvud

Jins (Jeans) Jeyms Xopvud (1877.11.9, London — 1946.17.9, Surrey grafligi) — ingliz fizigi va astronomi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1906), Qirollik astronomiya jamiyati Prezidenti (1925-27). Asosiy ilmiy ishlari nazariy fizika (gazlar kinetik nazariyasi, nurlanish nazariyasi) va astrofizikaga doir. Jins mutlaq qora jism spektrida energiyaning tarqalish formulasini chiqardi (J. U. Eleydan mustaqil ravishda). Astronomiya bo’yicha — Jins tez aylanayotgan suyuq jismlar evolyutsiyasi natijasida qo’shaloq yulduzlar paydo bo’lishi yoki jismning yassilanib spiral tumanliklar paydo bo’lishi nazariyasini ilgari surdi. Jinsning qator ishlari yulduzlarning ichki tuzilishi va evolyutsiya nazariyasiga bag’ishlangan. Jins kosmogonik gipoteza muallifi.