Jiqtoqlar

Jiqtoqlar (Glareola) — baliqchilar turkumi urug’iga mansub qushlar. Tanasining uzunligi 25 santimetrgacha. Tumshug’i kalta, og’zining kattaligi bilan boshqa balchiqchilardan farq qiladi. 7 turi bor. Yevropa, Osiyo, Afrikada (qishda Avstraliyada ham) uchraydi. O’zbekistonda 2 turi yashaydi. Dalalar, cho’llar va o’tloqlarda tarqalgan. Yozda uchib kelib, qishda uchib ketuvchi qushlardan. Odatda, to’dalashib uya soladi. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Chigirtka va boshqa zararkunandalarni qirib, foyda keltiradi.