JIRAF

JIRAF (lotincha Camelopardalis) — yulduzlar osmonining shimoliy qutbga yaqin joylashgan katta yulduzlar turkumi. Belgisi Cam. Eng yorug’ yulduzi 4,0 vizual yulduz kattaligida. Kursi, Tsefey, Kichik ayiq, Ajdar, katta ayiq, silovsin, Aravakash va Persey yulduz turkumlari oralarida joylashgan. Jirafni yil bo’yi ko’rish mumkin.