Jitomir

Jitomir — Ukrainadagi shahar, Jitomir viloyatining markazi. Teterev daryosi (Dnepr irmog’i) sohilida. Shosse va temir yo’llar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 302,3 ming kishi (1997). 9-asrda asos solingan. Mashinasozlik va metallsozlik (elektr o’lchov asboblari ishlab chiqarish birlashmasi, stanok avtomatlar, uy-ro’zg’or priborlari zavodlari), yengil sanoat (zig’ir tola kombinati), oziq-ovqat sanoati (un korxonalari, go’sht va konserva kombinatlari), yog’ochsozlik (mebel kombinati, musiqa asboblari fabrikasi), kimyoviy tola, dorivor o’simliklar xom ashyolari zavodlari ishlab turibdi. 2 oliy o’quv yurti, musiqali drama teatri, qo’g’irchoq teatri, filarmoniya, o’lkashunoslik, tabiat muzeylari, yozuvchi V. G. Korolenko, akad. S. P. Korolyov uy-muzeylari bor.