Jiydasoy
Jiydasoy — Namangan viloyati Pop tumanidagi soy. Sirdaryoning o’ng irmog’i. Qurama tizmasining Janubiy- Sharqiy yon bag’ridan boshlanadi. 30 dan ortiq irmog’i bor. Uzunligi 25 kilometr. Yuqori qismida tor va ancha chuqur vodiyda, juda Nishab Toshloq o’zanda oqadi. Bahorning seryog’in oylarida suvi ko’payadi, ba’zan sel keladi. Yozda suvi juda ozayib ketadi. Jiydasoy suvi sug’orishga sarflanishi tufayli, uning etak qismida ko’pincha suv bo’lmaydi.