Jiyen Jirov

Jiyen Jirov (taxminan 1730-1784) – qoraqalpoq xalq baxshisi. Sirdaryoning o’ng irmog’i — Jangadaryo bo’yida kambag’al oilada tug’ilgan. Baliqchilik bilan shug’ullangan. Ilk yaratgan she’r va qo’shiqlarida ijtimoiy haqsizlik, ba’zi amaldorlarning kirdikorlarini fosh etgan (“Hoy, yigitlar, yigitlar”, “Ulog’im”, “Yuragimda ko’p dog’im”, “Tuyamni ber”). “Darbadar el”, “yuksak tog'”, shuningdek, tarixga oid “xonavayron xalq” kabi dostonlarida qoraqalpoq xalqining qabilaviy hujumlardan saqlanish uchun Jangadaryo bo’ylariga ko’chgan og’ir davrlari aks etgan. Jiyen Jirov “Alpamis”, “qirq qiz”, “Qo’blon”, “Qurbonbek” kabi xalq dostonlarini mahorat b-n kuylagan. Asarlari 1935 yildan to’plana boshlangan. Qiyas Jirov, Qurbonboy baxshi, O’teniyaz jirov kabi shogirdlar yetishtirgan.