Jizzax mebel fabrikasi

Jizzax mebel fabrikasi -1994 yilda “O’zbekmebel” davlat aktsiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax shahrida tashkil etilgan. 2001 yildan viloyat hokimligi tasarrufiga o’tkazilgan. Fabrika tsexlarida karavot, shkaf, divan, kreslo, o’rindiqlar, stol, ishxona jihozlari, o’quvchilar partalari va mebel mahsulotlari hamda mahalliy xom ashyo (g’o’zapoya)dan DVP (yog’ochtola plitalari) mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismi viloyatdagi iste’molchilarga jo’natiladi. Mebel va mebel mahsulotlari uchun xom ashyo Germaniya, Italiya, Rossiyadan va Boltiqbo’yi mamlakatlaridan keltiriladi.