Jodhpur, Marvar

Jodhpur, Marvar — Hindistonning shimoli-g’arbidagi shahar. Tar cho’lining chekkasida, Rajastxon shtatida. Aholisi 510 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik, teri, farmasevtika korxonalari, mexanika ustaxonalari va boshqalar bor. Badiiy hunarmandchilik (fil suyagiga ishlov beriladi, liniy liboslar, shishadan ziynat buyumlari va boshqalar tayyorlanadi) rivojlangan. Shaharga 15-asr o’rtalarida asos solingan.