Johiz, al-Johiz Abu Usmon Amir ibn Baxr

Johiz, al-Johiz Abu Usmon Amir ibn Baxr (taxminan 767 — Basra — 868) — Arab mutafakkiri, yozuvchi. Mu’taziliylar nazariyotchilaridan biri. “Al- johiziya” deb nom olgan ilohiyot maktabiga asos solgan. Yunon tabiat falsafasi g’oyalari ta’sirida moddaning abadiyligi va xususiyatlarining doimiy o’zgarib turishi haqidagi fikrlarni bayon qilgan. Johiz tirik va noorganik jismlar o’ziga xos tabiiy xususiyatlarga ega, deb hisoblaydi. U insonning Iroda erkinligini tabiiy intilish sifatida talqin etgan. 100 dan ortiq falsafiy asarlar va badiiy to’plamlar muallifi. Bular orasida “olibsotarlar haqida kitob” hajviy novellalar to’plami, stilistika va ritorikaga oid “joylashtirish va isbotlash kitobi”, tarixiy-siyosiy mazmundagi “arablar va ularning mijozlari haqida kitob” risolalari mashhur. Ularda o’rta asr Arab Sharqi shaharlari aholisining shaxsiy va ijtimoiy hayoti, urf-odati, axloqi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Johiz asarlarida kichik hikoyalar, she’rlar, ertaklar bor. Johiz Arab adabiyoti, xususan, adab janri taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan.