Jome masjid

Jome masjid — shahar markazidagi yoki nisbatan katta hududdagi asosiy va eng katta bosh masjid. Jamoa uchun zarur turli xabarlar e’lon qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa bo’lib o’qiladigan maxsus bino. Shahar tashqarisida musallo, Namozgox. Juma masjid, guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan uning tuzilishi salobatli. O’rta Osiyoda Jome masjidning umumiy tarxi murabba yoki to’g’ri to’rtburchakli xonaqox bo’lib, bir (old yoki yon) tomoni, ikki (Janubiy va Sharqiy yoki shimoliy va Sharqiy) yoki uch tomoni ayvon bilan o’ralgan. Xonaqoh tomi gumbazli yoki to’sinli. Ayvon va xonaqox kattaligi to’sinlar soni va qatori bilan belgilangan, ba’zan xonaqoh 1, 2, 4 gumbazli, ayvonlar atrofi qator ustunli, burchakda azon aytishga mo’ljallangan mezana va hovli o’rtasida hovuz bo’lgan. Buxoroda birinchi Jome masjid 713 yil Qutayba ibn Muslim tomonidan ishga tushirilgan. Ushbu masjid uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi moslashtirilgan. 14-15-asrlarda Jome masjid qurilishiga davrning mashhur me’mor va muhandislari safarbar qilingan.