Jo’n madaniyati
Jo’n madaniyati – Krvunchi madaniyati turlaridan biri. Toshkent vohasidagi Jun kapali bo’yidan topilgan yodgorliklar (3-4-asrlar). Jo’n madaniyati, asosan, Sirdaryoning o’rta oqimi bo’ylab keng tarqalgan. G. V. Grigorev, M. E. Vorones, T. G. Obolduyeva va boshqa qazish ishlari olib borgan (1937-39). Jo’n madaniyatiga oid mozorqo’rg’onlar, shahar xarobasi tekshirilgan. Turar joylar xom va pishiq g’ishtdan qurilgan. Aholi dehqonchilik (bug’doy, tariq, arpa va boshqalar) va chorvachilik bilan shug’ullangan. Tekshirish natijasida turli rang angob bilan bo’yalgan sopol idish (ko’za, xum, xumcha, ho’qacha, tovoq va boshqalar)lar, temir qilich, xanjar, o’q yoy uchi, kamon, oyna, turli munchoq taqinchoqlar, tosh o’g’ir dasta, qo’l tegirmon topilgan. Qurollar — hatto ayol qabrlarida ham uchraydi. Ad.: Oboldueva T. G., Kurgani Kaunchinskoy i djunskoy kulturi v Tashkentskoy oblasti, M.— L., 1948. Svetlana Lunina.