JO’RAYEV YURSINBOY

JO’RAYEV YURSINBOY (1944.10.4, Oltiariq tumani) — usta Paxtakor, O’zbekiston Qahramoni (2000). Mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi B. Otaqulov nomli jamoa xo’jaligi a’zoligidan boshlagan (1960-64). Shu jamoa xo’jaligida hisobchi (1964-70), brigada boshlig’i (1970-71), 1991 yildan bosh pudratchi. Jo’rayev rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik va donchilikda dehqonchilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori ko’rsatkichlarga erishdi. 1999 yilda paxtadan 54 tsentner/gektar; 2000 yilda g’alladan 60 tsentner/gektar hosil olishga erishdi. Mehnat faoliyati davomida ko’plab shogirdlar tarbiyaladi, respublikada qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi.