JO’VA
JO’VA — jild xamir yoyish uchun ishlatiladigan kalta o’kloq. Jo’va qattiq yog’och (o’rik, tut, yong’oq, olma, qayrag’och, chinor) dan tayyorlanadi. Uzunligi 25-30 santimetr, o’rtasi yo’g’on — diametri 4-6 santimetr, ikki tomonida ingichkaroq dastasi bo’ladi.