Jozefson effekti

Jozefson effekti – o’ta o’tkazuvchanlik tokining ikkita o’ta o’tkazgichni ajratib turadigan yupqa o’tishi. O’ta o’tkazuvchanlik nazariyasi asosida B. D. Jozefson oldindan aytib bergan (1962). Uni AQSh fiziklari P. Anderson va J. Rouell kashf etganlar (1963). Dielektrik (odatda ~10A qalinlikdagi metal oksidi)da elektron o’tkazuvchanlik tunnel effekti tufayli ro’y beradi. Agar dielektrik qatlam orqali o’tgan tok kritik qiymati (biror ma’lum kattalik) dan ortiq bo’lmasa, kontaktda kuchlanish pasaymaydi, tok kritik qiymatdan katta bo’lsa, kontaktda kuchlanish U pasayadi, u xolda kontaktda kuchlanishning pasayish chastotasi v = —t— bo’ladi, bunda e — elektron zaryad, h — Plank doimiysi. Jozefson effektiga asoslanib juda sezgir (yu^9 Gs yoki K)”13 TL gacha) magnitometrlar yasalgan. Jozefson effektidan kichik generatorlar, detektorlar, kuchaytirgichlar va boshqa elektron asboblarda foydalaniladi.