Jujanlar, joujan, Juan-Juan, Juju, juyjuy

Jujanlar, joujan, Juan-Juan, Juju, juyjuy — G’arbiy Manjuriya, Mongoliya va Turkiston dashtlarida ilk o’rta asrlarda yashagan ko’chmanchi qabilalar Ittifoqi. Jujanlarning yuksalishi Shelunxon (402-410) nomi bilan bog’liq, u o’z atrofiga tarqoq qabilalarni birlashtirib kuchli harbiy ittifoq tuzgan. Turkiylar, xitoyliklar, uyg’urlar b-n bo’lgan urushlar, shuningdek, to’xtovsiz ichki nizolar Jujanlarni zaiflashtirgan. 6-asr o’rtalarida jujan qabilalari Ittifoqi tarqab ketgan. Jujanlarning bir qismi turkiylar va boshqa xalqlar tarkibiga singib ketgan, qolgan qismi (taxminan 30 ming chodir) uzoq G’arbga ko’chib ketib Dunay daryosining o’rta oqimi sohillarida 9-asrgacha mavjud bo’lgan.