Jultaali g’ori

Jultaali g’ori – Nurota tog’larining Janubiy yon bag’ridagi g’or. 970 metr balandlikda. Quruqsoy o’zanidan 20 metr balandda. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning og’zi (eni 1,7 metr, balandligi 3,7 metr) Janubi-sharqqa qaragan. G’or yo’lak (uzunligi 8 metr) dan boshlanib, u tugagach keng xonaga (uzunligi 24 metr, eni 7,2 metr, balandligi 6 metrgacha) kiriladi. So’ngra g’orning eni torayib, 11 metrga davom etadi. G’or ichida stalaktitlar (uzunligi 3 metrgacha) mavjud. Jultaali g’orining umumiy o’lchamlari: uzunligi 51 metr maydoni 132 m2, xajmi 230 m3.