Jumamuratov Tilovbergan

Jumamuratov Tilovbergan (1915.27.12, Mo’ynoq tumani — 1990.20.4, Nukus) — O’zbekiston (1969) va Qoraqalpog’iston (1967) xalq shoiri. O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1948). “Yurak muhabbati” (1956), “Do’stlik” (1959), “davrimiz yulduzlari” (1962), “Mo’jizakor siymo” (1965), “to’lqinda” (1970) Doston va she’rlar to’plami, “Go’zal Makarya” she’riy romani (1965) bor. “Qirg’iz do’stlarimga”, “O’zbek shoiri G’afur G’ulomga”, “Navoiy haqida” (1967) kabi she’rlarida xalqlar do’stligi, qardoshligi kuylangan. “Mehnatda toblanganlar” (1957), “muhabbat siri” (1958) hikoya va ocherklar to’plami, “Qizlar hazili” (1967), “og’ir kunlar” (1977) pesalari muallifi. Bir qator asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan (“Mening zamondoshlarim”, 1962; “Amu qo’shiqlari”, 1965 va boshqalar). Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti laureati (1972).