Jumayev To’xtamurod Murtazoyevich

Jumayev To’xtamurod Murtazoyevich (1945.15.8, Olot tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1967). 1963 yildan Olot tumanidagi 3-, Qorako’l tumanidagi 8-maktabda matematika o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1990 yildan 164-ixtisoslashtirilgan litsey, 1999 yildan 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar internat maktab Direktori. Jumayev o’quv-tarbiya ishlarini takomillashtira borib, dars sifatini yaxshilashga erishdi. Ta’lim berishda zamonaviy o’quv qurollari va kompyuterlar asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’lladi. Jumayev matematika bo’yicha bir necha didaktik qo’llanmalar muallifi.