“JUMHURIYA”

“JUMHURIYA”, “al-Jumhuriya” – Marda chiqadigan kundalik rasmiy gazeta. 1953 yildan Qohirada Arab tilida nashr etiladi. Siyosat sohasida mamlakat hukumatining siyosiy yo’liga yaqin yo’lni targ’ib qiladi. Adadi 1 million atrofida (2002).