Jundor maymunlar

Jundor maymunlar (Zagothrix) — ilmoq dumli maymunlar urug’i. Tanasining uzunligi 39-58 santimetr, dumi 56-73 santimetr. Tanasi miqti, oldingi oyog’i keyingisiga nisbatan birmuncha kalta, panjasining bosh barmog’i yaxshi rivojlangan. Juni kalta va qalin, sarg’ish yoki to’q qo’ng’ir rangli, boshida qoramtirroq, qornida — ochiqroq tusda. Boshi nisbatan katta, yuzi junsiz, deyarli qora. 2 turi: sariqdum jundor maymun (Z. fl avicauda) va gumBoldt jundor maymun (Z. lagothricha) ma’lum. Amazonka vodiysi o’rmonlarida tarqalgan. Daraxtda yashaydi, erga ham tez-tez tushib turadi. Oldingi oyoqlari yordamida daraxtga osilib olib harakat qiladi. 15 — 20 hayvondan iborat guruh bo’lib yashaydi. Mevalar va barglar bilan oziqlanadi. Homiladorlik davri 225 sutkaga yaqin. Bitta bola tug’adi.