Jungli

Jungli – subtropik va tropik mintaqalarning musson iqlimli o`lkalarida (Hindiston, Hindixitoy, Zond orollari va h.k.) tarqalgan qalin o`rmonlar. Junglida daraxt va bo`talar hamda ularga chirmashib o`sgan lianalar odam o`tishi qiyin bo`lgan changalzorlar hosil qiladi. Junglida keng tarqalgan daraxt turlaridan biri g`arov – bambuk.