Juvontepa qabristoni

Juvontepa qabristoni – qadimgi qabriston (miloddan avvalgi 9-7-asrlar). Qozog’istonning Olmaota viloyati Chelak daryosining o’ng sohilida, Juvontepa qishlog’i xarobasidan sharq tomonda. 33 mozorqo’rg’on o’rganilgan. Mozorqo’rg’onlarning diametri 3 metrdan 113 metrgacha, balandligi 0,1 metrdan 13 metrgacha. Murdalar to’rtburchak tik o’ramozorlarga boshi Sharq, oyog’i g’arbga qaratilib ko’milgan. Ular yonidan sopol idishlar, tosh shishasimon munchoqlar, temir va jez pichoqlar, jez zeb-ziynatlar, suyak taroq, qo’y suyaklari topilgan. Ba’zi go’rlarning devoriga yog’och qalab, usti ham yog’och bilan yopilgan.