KADETLAR

KADETLAR (Fransuzcha cadet — kichik so’zidan) — I) o’rta asrlarda Frantsiya va Prussiyada ofitserlikka erishguncha oddiy askar bo’lib xizmat qiluvchi yosh dvoryanlar; 2) 1917 yilga qadar Rossiya hamda ba’zi chet davlatlarda kadet korpuslari talabalarining unvoni. Buxoro Amirligining valiaxdi Olimxon Peterburgdagi Nikolaev kadet (pajlar) korpusida harbiy ta’lim olgan (1893-96). 20-asrning 80-yillarida esa (AQSh, Frantsiya va boshqa davlatlar) harbiy o’quv yurtlari kursantlarining unvoni bo’lgan. Hozirgi Paytda Rossiya Federasiyasida kadet korpuslari qayta tiklandi.