Kadetlar
Kadetlar (fransuzcha cadet-kichik so’zidan)-1) o’rta asrlarda Fransiya va Prussiyada ofitserlikka erishguncha oddiy askar bo’lib xizmat qiluvchi yosh dvoryanlar; 2) 1917 yilga qadar Rossiya hamda ba’zi chet davlatlarda kadet korpuslari talablari unvoni. Buxoro amirligining valiahdi Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pjlar) korpusida harbiy ta’lim olgan (1893-1896). XX asrning 80-yillarida esa (AQSh, Fransiya va boshqa davlatlar) harbiy o’quv yurtlari kursantlarining unvoni bo’lgan. Hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasida kadet korpuslari qayta tiklandi.