Kadmiy selenid

Kadmiy selenid, CdSe – to’q qizil rangli kristall modda. Kristal- lari, asosan, geksogonal panjarali, shu- ningdek, kubsimon panjarali beqaror va faqat yuqori bosimda mavjud bo’lgan kubsimon panjarali modifikasiyala- ri ma’lum. Suyuqlanish t-rasi 1263°; zichligi 5,81 g/sm3, yarimo’tkazzich. Suv- da erimaydi, xlorid, nitrat va sulfat kislotalar ta’sirida parchalanadi. K. s. kadmiy b-n selenii qizdirish yoki gaz FA- zada, CdSO4 eritmasidan H2Se ta’siri- da cho’ktirish, CdS b-n H2SeO3 ni, kadmiy va selenning organik birikmalarini o’zaro ta’sir ettirish yo’li b-n olinadi. K. s. — yarimo’tkazgich lazerlarda faol muhit hosil qilishda, fotorezistorlar tayyorlashda, fotodiodlar, quyosh batareya- lari, emallar, sirlar va badiiy bo’yoqlar uchun pigment sifatida qo’llaniladi.