KADRLAR

KADRLAR (fr. cadre – shaxsiy tarkib) — 1) korxona, muassasa, firma, hissadorlik jamiyatlari, banklar, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlarida malakali xodimlarning asosiy tarkibi. O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng Kadrlar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilib, bir butun uzluksiz tizimda olib boriladi.