KAETANI

KAETANI (Caetani) Leone (1869.12.9, Rim — 1935.24.12, Vankuver) — italyan islomshunosi. 1891 y. Rim un-tini Sharq Filol.si ixtisosi bo’yicha tugatgan. Yakin va O’rta Sharq mamlakat- lari bo’ylab ko’p marta safar qilgan. K. ilk Islom tarixi bo’yicha asarlar nashr etgan. U Islomning kelib chiqishi aholining ko’chishi b-n bog’liq degan na- zariyani ishlab chiqqan, unga ko’ra, ara- bistondan ko’chmanchi qabilalar tabi- iy-geografik sharoitlarning o’zgarishi tufayli vaqt-vaqti b-n Daryo oralig’i, Palastin, Suriyaga ko’chib borib, u er- larda shaharlar va davlatlarga asos so- lishgan. K. Islomning paydo bo’lishini Arabiston aholisining ana shu ko’chish harakati oxirgi bosqichi b-n bog’liq deb hisobladi.