Kafka Frans
Kafka Frans (1883.3.7, Pra- ga -1924.3.6, Kirling, Vena yaqinida) — avstriyalik yozuvchi. Ijodini 1909 y.da hikoyalar yozishdan boshlagan. “Kuzatish” (1913) hikoyalar to’plami, “Xukm”, “Go’loh” (1913), “O’zgarish” (1916) hikoyalari alohida nashr etil- gan. 1-jahon urushidan so’ng K. “Axloq tuzatish koloniyasida” (hikoya, 1919), “Qishloq shifokori” (1919), “yo’qsil” (1924) to’plamlarini nashr etdi. K.ni dunyoga mashqur qilgan “Amerika” (tu- gallanmagan, 1914), “jarayon” (1915), “Qo’rg’on” (1922) romanlari, “Xi- toy devori qurilishida” (1931) va b. hikoyalar to’plami muallifning vafoti- dan so’ng e’lon qilingan. K. asarlari- da voqealarning mubolag’ali va ramziy tasvirlari orqali insonning nodonlik va jaholat qarshisidagi fojiaviy ojiz- ligi aks ettirilgan. Ularda qonun va in- son, nur va zulmat mavhumlik holatida berilgan, bu holatdan qutilishning ilo- Ji topilmaydi. Ijodi 20-a. G’arb ada- biyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan (q. Eks- pressionizm, modernizm). “Otamga xat” (Vafo Fayzullo tarjimasi, 2001), “Ev- rilish”, “ochlik san’ati” va b. asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Ac: axloq tuzatish koloniyasida. Hikoyalar, T., 1984.