Kaft

Kaft — qo’l panjasining ichki va oyoq panjasining pastki (ostki) tomoni; qo’l Kafti yuqoridan bilakning uncha chuqur bo’lmagan ko’ndalang egatchasi, pastdan barmoqlar asosi bilan chegaralanib turadi. Kaft kaft suyaklari, ularni birlashtirgan boylamlardan iborat bo’lib, turli muskullar qoplab olgan. Qon tomir va nervlar bilan ta’minlangan. Kaft terisida ter bezlari ko’p, lekin yog’bezlari yo’q. Qo’l kafti mehnat qilishda, oyoqniki esa tik turish va yurishda muhim ahamiyatga ega.