Kagarov Medat Aytoxunovich

Kagarov Medat Aytoxunovich (1940.15.6, Olmaota) — grafik rassom, O’zbekistan xalq rassomi (1990). Moskva Oliy badiiy sanoat bilim yurtini tu- gatgan (1965). 1965 y.dan O’zbekistonda. Toshkent teatr va rassomlik san’ati inti (1965-74) va Respublika rassom- lik bilim yurti (1974— 82)da dars ber- gan. K. ijodiy izlanuvchan, bir qolipda ishlashdan xoli bo’lgan yangi, boy grafik vositalarni izlab topadi, dastgoh va ki- tob grafikasida, shuningdek, Ekslibris- da ijod qiladi. 30 dan ortiq grafik tur- kum asarlar yaratdi. Navoiyning “Sab’ai sayyor” (1977), O’. Sulaymonovning “Ay- lanayin” (1987), A. Oripovning “Ishonch ko’priklari” (1989) va b. kitoblarni badiiy bezadi. 1990 y.dan rangtasvir- da ham ijod qiladi (“jonajon o’lka”, 1993; “borayotgan karvon”, 1994; “Ipak yo’lida”, 1996; “o’zgarishlar kitobi”, 1999 va b.).