Kalava IP, yigirilgan ip
Kalava IP, yigirilgan ip — 1) to’qimachilik tolalarining barcha tur- laridan tayyorlangan pilikyaan pil- ta mashinada olinadigan iplarning asosiy turi, xom ip. Bir necha tolani yumshoqqina himarib (ba’zan elimlab) hosil qilinadi. Bir xil tolalardan yoki har xil tolalarni aralashtirib, yo bo’lmasa, tolalarga chiqindilar (Taran- dilar)ni qo’shib olinadi. Tolalarning xiliga, vazifasiga, olish va pardozlash usullariga, xossalari va tuzilish xusu- siyatlariga qarab, K.i. turli xillarga bo’linadi. Mac, to’quvchilik uchun (arqoq va tanda iplari), trikotaj, ip olish, arqon eshish va b. uchun mo’ljallangan K.i.lar farq qilinadi. K.i.ni yigi- rishga tayyorlash usuliga ko’ra, u karda, taroqli va apparat tizimida tayyorlana- digan xillarga bo’linadi. K.i. yigirish mashinalari turiga, pardozlash va bo’yash usuliga qarab ham xillarga ajratiladi. K. i.ning xom, oqartirilgan, maxsus ki- myoviy eritma b-n ishlov berilgan (mer- serizasiyalangan), bo’yalgan va b. turlari bo’ladi. Tuzilishiga ko’ra, oddiy (bir ipli), olachipor (melanj), hajmiy (tek- sturlangan), pishitilgan (bir necha ipni qo’shib buralgan) va b. xillarga bo’linadi. K.i.ni paxta, jun, ipak, zig’ir, ipak va kimyoviy tolalardan tayyorlash mumkin. K.i.ning asosiy xossalari — ingichka- yo’g’onligi, buramdorligi (pishitil- ganlik darajasi), uzuvchi kuchga chidam- liligi, uzayuvchanligi, bir tekisli- gi, mustahkamligi, tozaligi. K.i.dan to’quvchilikda, g’altak ip olishda, arqon va chilvirlar eshishda foydalaniladi; 2) charxta bir necha marta tekis qilib o’ralgan va charxdan chiqarib olib taxlan- gan bir o’ram ip, ipak; ip yigirish uchun mo’ljallangan xom (bir oz pishitilgan) ip. Pilta (piltakachda yumaloklangan bir bo’lak paxta, pag’a)ni ohistagina cho’zib hosil qilinadi.