Kalendar

Kalendar (lotincha calendarium-ayni ma’nosi qarz kitobi; bunday kitoblarda oyning dastlabki kunlari-kalendarlar ko’rsatilgan)-oy ichidagi va yildagi kunlarni hisoblash sistemasi. Kalendar juda uzoq tarixga ega. Jahonda eng mashhur Kalendarlar quyidagilar: Qadimgi Xitoy Kalendari, Qadimgi Misr Kalendari, arman Kalendari, Umar Hayyom Kalendari, Aleksandr hisobi, musulmon Kalendari-oy-quyosh hisobi, asosiy tsikllar, Qadimgi Bobil va qadimgi yahudiy Kalendari, qadimgi yunon, Qadimgi Rim Kalendari, imperator Gay Yuliy Tsezar tomonidan isloh qilingan Kalendar-Yulian Kalendari, Pyotr I zamonigacha bo’lgan Rossiya Kalendari, papa Grigoriy tomonidan reforma qilingan Kalendar, 1789 yilgi fransuz inqilobi Kalendari va boshqalar. Hozir qo’llanilayotgan oylarning nomlari Qadimgi Rimda paydo bo’lgan. Rimliklarda yangi yil bahorda (martda) boshlangan, ammo oylarning nomlari bo’lmay, ular raqamlar bilan atalgan. Keyin esa 12 oydan faqat 4 oy raqam bilan atalib, boshqalariga nom qo’yilgan.